Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati Z. Mengnarova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari hamda “Qumpaykal” mahallasi yettiligi vakillari ishtirokida hududdagi ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan qurilish va yakunlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. 

Xususan, “Qumpaykal” mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning sifati,
belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilayotganligi tahlil qilindi.
 

O‘rganish yakunlari yuzasidan mavjud holatga baho berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.  

Slide 1 of 10