Yig‘ilishda Amudaryo tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining "Amudaryo tumani bo‘yicha 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida" va “Amudaryo tumani bo‘yicha suv bilan barqaror taʼminlangan hamda taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, uning ijrosi nazoratga olindi.