Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati tomonidan navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan isitish tizimlarining tayyorligi masalasi yuzasidan komissiyaga biriktirilgan mas'ul tashkilot bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari hamda tibbiyot muassasalarida isitish tizimlarining joriy holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, mavjud ehtiyoj va muammolar tahlil qilindi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma'lumotlar navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinadi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.