35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)

Qonunning asosiy maqsadi davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va mas'uliyatni kuchaytirishdan iborat.

Mazkur Qonunga ko‘ra, jamoatchilik nazoratining subyektlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari hisoblanadi. Ular davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini kuzatish, tahlil qilish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.

Qonunda jamoatchilik nazoratining asosiy shakllari sifatida jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarini tahlil qilish, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar belgilangan.

Qonun davlat organlari va tashkilotlariga jamoatchilik nazorati subyektlari bilan hamkorlik qilish, ularning qonuniy so‘rovlarini ko‘rib chiqish, zarur axborotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etish hamda jamoatchilik nazorati natijalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish majburiyatini yuklaydi.

Ushbu Qonun fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlikni ta'minlash hamda fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.