35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa

Bugungi kunda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, ularning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv ta’lim tizimini izchil rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu qaror alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish hamda pedagog xodimlarning mas’uliyati va malakasini oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta’lim jarayonini yagona me’yor va talablar asosida tashkil etish, har bir bolaning ehtiyojidan kelib chiqib sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini belgilaydi.

Qaror ijrosini ta’minlash doirasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishdagi teng imkoniyatlarini kafolatlash, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅ Mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlar har bir bolaning bilim olish huquqini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuviga ko‘maklashish hamda mamlakatimizda inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

📖 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori