Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP a’zosi Muyassar Yuldasheva “Oqibat” “mahalla yettiligi” tomonidan “Dolzarb 40 kun” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda loyiha doirasida mahalla hududida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish, mahalla infratuzilmasi hamda fuqarolar tashabbusi bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vaziflar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida deputat tomonidan hasharlarda mahalla hududidagi ko‘chalar, xonadonlar oldi, piyodalar yo‘laklari hamda ariq-lotoklarni tozalash hamda kesilgan daraxt shox-shabbalari, turli maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqish tadbirlarini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.