35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi

#24_ta_masala
📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tomonidan Baxmal mahalla fuqarolar yig‘inida 24 ta ustuvor masala doirasida aholi bandligini ta’minlash, hamda ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida mahallada mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar ro‘yxati, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlari hamda doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish ishlarining holati o‘rganildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3