35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
#Chinoz_tumani 📌 Sessiya oldidan masala joyiga chiqib o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining joriy oy sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Ra'no Fozilova hamda komissiya a'zolari A.Aliyev hamda Laziza Sobirjonovalar tomonidan Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📊 Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda tumanda 149 529 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 74 805 nafari xotin-qizlar bo‘lib, bu umumiy aholining qariyb yarmini tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich xotin-qizlarning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni va faolligi yuksak ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🏘 Shuningdek, tumanda 42 267 ta oila hamda 29 244 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar hududda ijtimoiy muhitni mustahkamlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

👩‍💼 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil yanvar–fevral oylarida tumandagi 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inida "Ayollar daftari"ning 7-bosqichi doirasida xatlov ishlari amalga oshirilgan.

📝 Xatlov jarayonida 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 4 481 nafar xotin-qiz bilan anketa-so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va muammolari batafsil o‘rganildi.

✅ O‘rganish natijasida belgilangan mezonlarga mos kelgan 4 259 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"ga kiritilib, ularning har biri uchun individual yondashuv asosida individual kartalar shakllantirilgani qayd etildi.

🤝 O‘rganish yakunida sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4