Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Tuproqqal’a tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganish davomida tuman budjetining birinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiq tushgan daromadlar hisobidan 61 million so‘m mablag‘ni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, moliyalashtiriladigan tadbirlarning asoslanganligi hamda qaror loyihasini sessiyada ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.