35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
#nazorat #natija

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-iyun kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda shahar hokimining o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev tomonidan hududlardagi tozalik va sanitariya holati bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan edi.
O‘shanda chiqindi yig‘ish shoxobchasida belgilangan grafiklar buzilganligi, atrofning sanitar holati qoniqarsizligi hamda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaganligi oqibatida noxush vaziyat yuzaga kelgani aniqlangan va zudlik bilan chora ko‘rish belgilangan edi.

Mazkur masalaga mas’ullarning jiddiy yondashuvi va Buxoro maktabi ta’sischisining tashabbusi, yuksak mas’uliyati hamda amaliy harakatlari birlashdi.
Olib borilgan tezkor va tizimli ishlar natijasida:
🛑Noo‘rin joylashgan, uzoq yillar davomida aholi va o‘quvchilarga noqulaylik tug‘dirgan eski chiqindi maydoni to‘liq bartaraf etildi.
🆕Zamonaviy talablar asosida, barcha sanitariya qoidalariga mos keladigan yangi chiqindi yig‘ish maydoni boshqa hududda qayta tashkil etildi va foydalanishga topshirildi.

✨Bugungi ko‘rinish: Obyektiv nazoratning go‘zal natijasi!
Eng muhimi, hududning sanitariya holati tubdan yaxshilandi. Ta’lim va sport muassasalari atrofi ortiqcha chiqindilardan tozalanib, yana-da obod, ozoda va ko‘rkam muhit shakllantirildi.
Xalq deputatlari va hokimlik hamkorligidagi bu kabi nazorat tadbirlari shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishda, aholi farovonligini ta’minlashda davom etadi.

Tozalik va tartib — avvalo o‘zimizdan boshlanadi!

Slide 1 of 2