35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

🏡 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugidan saylangan deputati N. Himmatova tashabbusi bilan “Yoshlik” mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌱 Tadbir davomida mahalla hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni yanada ozoda va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi. Mazkur ezgu tashabbusda mahalla faollari, nuroniylar va fuqarolar ham faol ishtirok etdilar.

🇺🇿 Shuningdek, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" g‘oyasi ostida munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki hamda tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

🤝 Obod va fayzli mahalla — farovon hayot garovi. Ezgu tashabbuslar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4