35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Mahalla boshqaruvi yangi bosqichda: "Namuna" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va faollar faoliyati muhokama qilindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Namuna” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar mahalla raisi, bugungi kunda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar va aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni ijrosini "Namuna" mahallasi miqyosida samarali ta’minlash choralariga qaratildi.

Muloqot davomida mazkur tarixiy Farmon orqali mahalla boshqaruvi butunlay yangi sifat bosqichiga olib chiqilgani, barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mahallada joriy etilishi hamda barcha mas’ullar bevosita xonadonbay yurishi lozimligi tushuntirildi:

"Mahalla yettiligi" integratsiyasi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorlikda xonadonbay yurish samaradorligini oshirish;

Aholi muammolarini erta aniqlash: Kam ta'minlangan oilalarni kambag'allikdan chiqarish, ishsizlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror saqlash;

Deputat bilan hamkorlik: Saylov okrugi deputati M.Sidiqovaning shaxsiy murojaat daftari orqali mahalladagi infratuzilmaviy (yo‘l, elektr, suv, obodonlashtirish) muammolarni tizimli hal etishda faollar bilan hamkorlik tizimini kuchaytirish.

"Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu Farmon 'mahalla yettiligi' va faollariga juda katta ishonch, shu bilan birga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Mahalladagi har bir mas’ul xodim qog‘ozbozlik va quruq hisobotlar ortidan quvmasdan, aholining real muammolariga yechim topishi shart. Deputatimiz M.Sidiqova bilan birgalikda 'Namuna' mahallasini har tomonlama obod va xavfsiz hududga aylantirish yo'lida barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

Uchrashuv yakunida "Namuna" mahallasi faollariga PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni amaliyotda to‘g‘ri va samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va tezkorlikni ta'minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 1