35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Savolnoma asosida nazorat: "Majnuntol" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati O‘RQ-406-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi!

Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

Maxsus tuzilgan tahliliy savolnoma yordamida yoshlar yetakchisining bugungi kunda mahalla yoshlari bilan olib borayotgan faoliyati quyidagi hayotiy yo‘nalishlar kesimida ko‘rib chiqildi:

"Yoshlar daftari" va bandlik: Mahalladagi ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning xatlovdan o‘tkazilishi, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslariga berilayotgan subsidiyalarning haqqoniyligi;

Iqtidorlarni kashf etish: Yoshlar o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tadbirlarning qamrovi va sifati;

Toifalar bilan individual ishlash: Mahallada "og‘ir" va "qizil" toifaga kiritilgan, profilaktik ko‘makka muhtoj yoshlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan manzilli va psixologik suhbatlar samaradorligi;

Huquqbuzarlik profilaktikasi: Yoshlar o‘rtasida zararli odatlarga berilish hamda jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik.

"Yoshlar yetakchisining ish faoliyati shunchaki topshiriladigan chiroyli hisobotlar bilan emas, balki mahallada necha nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangani, necha nafari hunarli bo‘lgani va necha nafari hayotda to‘g‘ri yo‘lini topganligi bilan baholanishi shart. O‘RQ-406 Qonunining har bir bandi 'Majnuntol' yoshlari hayotida real natija berishi lozim," — deya ta'kidladi kotibiyat bosh mutaxassisi.

O‘rganishlar yakunida yoshlar yetakchisiga "sariq" va "qizil" toifadagi yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, mahallada yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash hamda aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.