35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
Deputatlik faoliyati – hududdagi muammolarni joyida hal etishning muhim omili

📖 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla raisi, "mahalla yettiligi" a'zolari va mahalla faollari bilan hududdagi mavjud holat yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔎 Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi:

🔹 "Mahallabay" ishlash tizimining samaradorligi va aholi muammolarini manzilli hal etish amaliyoti;

🔹 fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta'minlash holati;

🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

🔹 yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;

🔹 PF–116-son Farmoni doirasida mahalla boshqaruvining samaradorligini oshirish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish borasidagi ishlar.

💬 Muloqot davomida hudud aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni joyida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📌 Ta'kidlanganidek, joylarda o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularni tizimli ravishda bartaraf etish, ijro organlari faoliyatini baholash va Kengashning navbatdagi sessiyalarida muhokama etiladigan dolzarb masalalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan deputatlik nazorati, saylovchilar bilan ochiq muloqot va manzilli o‘rganishlar bundan buyon ham izchil davom ettirilib, har bir murojaat va muammo amaliy yechim topishi ustuvor vazifa sifatida nazoratda bo‘ladi.