35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2025-yil 27-martdagi VII-7-43-8-115-K/25-sonli qaroriga muvofiq Kengash huzurida Yoshlar maslahat guruhi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan guruhning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqqan holda, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan hamkorlikda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun talablarining amaldagi ijrosi har tomonlama tahlil qilindi. Jumladan, hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyati, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ta’lim olishi, bandligi hamda ehtiyojlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat va mahalliy dasturlar samaradorligi, yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim olish huquqini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimi yuzasidan amaliy holatlar tahlil etildi.

O‘rganish davomida yoshlarning davlat boshqaruvi va jamoatchilik nazoratidagi ishtiroki, qonun mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ishlar, shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalar tomonidan sohaga oid mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyoti ham baholandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan, qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda sohadagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3