35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning raisi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Kengashning 13 – 17-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning raisi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev va S.Meliqo‘ziyevlar deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasining raisi SH.Odilov tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlari sarhisobi ko‘zdan kechirildi.
Bunda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
-mahallaning “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati;
-mahallada belgilangan loyihalar hamda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar ijro holati;
-murojaatlar bilan ishlash holati (har bir xonadonga kirib, aholining muammolari, taklif va shikoyatlarini tizimli ravishda o‘rganish va hal etishda ko‘rilgan choralar).

So‘ngra o‘rganish yakunida “Boboshbek” mahallasining raisiga yuqoridagi masalalar yuzasidan ushbu sohaga doir Qonun va qonunosti hamda Prezident hujjatlari va topshiriqlarining mazmun mohiyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirib o‘tildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 7