O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanganlik darajasi va yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, muassasaning malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanish darajasi, o‘qituvchilarning salohiyati hamda o‘quv jarayonlarining samarali tashkil etilganligi tahlil qilindi.
Shu bilan birga, deputat tomonidan talabalarning bilim olish imkoniyatlari va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ishlar holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.