📚Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova va Abdujabbor Djurayev shahrimizdagi 7-umumta'lim maktabi hamda 22-umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
📖Deputatlarning asosiy e’tibori — yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutuvchi "Tarbiya" fanining o‘qitilish holatiga qaratildi.
🔍Dars sifati: O‘qituvchilarning darsga tayyorgarligi va metodik mahorati;
O‘quvchi ishtiroki: Yoshlarning mavzularni o‘zlashtirish darajasi va darsdagi faolligi;
Sharoitlar: Sinfxonalarning jihozlanishi va darsliklar bilan ta'minlanganligi.
"Yoshlarimizning nafaqat bilimli, balki yuksak odob-axloqli bo‘lib voyaga yetishi — bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Tarbiya fani esa bu borada poydevor vazifasini o‘taydi," — deya ta’kidladi deputatlar.
Muloqotlar davomida dars samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha pedagoglarga tegishli tavsiyalar berildi va aniqlangan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.