#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
Shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati muassasa hududida joylashgan "Yotoqxona" faoliyati bilan ham tanishmoqda. Unda sportchilar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, ularni sog‘lomlashtirish hamda sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilib borish tizimi o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari, tibbiy xonalardagi mavjud tibbiy jihozlar, sportchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirilib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.