Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunlar ijrosini ta’minlash, tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish boʻyicha amaliy seminar va nazorat tadbirlari bo'lib o'tdi.
Shahar deputatlaridan iborat ishchi guruhi va Sirdaryo viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati prokuraturasi, viloyat raqobat boshqarmalari bilan hamkorlikda o'tkazilgan amaliy seminarga shahrimizdagi reklama ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ham jalb qilindi.
Seminardan asosiy maqsad ushbu sohada yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda hamkorlikni yo'lga qo'yishdir.
Seminardan so'ng ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari davomida 28 dona noqonuniy va eskirgan reklama obyektlari aniqlanib, qonunchilik talablari va normalariga zid bo‘lganligi sababli olib tashlandi.