Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda xalq
deputatlari viloyat va tuman kengashlari deputatlari, tuman hokimligi, davlat
va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar va mahalla faollari, tumanda
istiqomat qiluvchi turli millatlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi o‘rinbosari Shuhratjon Pozilov
mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kunini nishonlashdan asosiy maqsad — turli
millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan
iborat ekanligini ta’kidladi.
Ushbu kunda Vatanimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning o‘z
urf-odatlari va asriy qadriyatlari yanada e’zozlanishi, ezgulik, birdamlik,
tinchlik va osoyishtalik tarannum etilishi qayd etildi.
Tadbir doirasida turli millat vakillari o‘z milliy urf-odatlari,
kiyim-kechaklari, kuy-qo‘shiqlari va madaniy meroslarini namoyish etdilar. Bu
esa yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va o‘zaro hamjihatlik
muhitining amaliy ifodasiga aylandi.
Xalq deputatlari
Uchko‘prik tumani
Kengashi kotibiyati