Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining bugungi sessiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarorining Yangiariq tumanida ijro etilishi yuzasidan tuman hokimining hisobotlari tinglanadi.