Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Шавкат Мирзиёев 21 июль куни нефть-газ соҳасида хорижий ҳамкорлар билан амалга оширилаётган ишлар ҳамда куз-қиш мавсумига тайёргарлик чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.
янв.21
Salomatlikni yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish !
янв.21
Mustaqillikning 34 yillik bayrami “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi.
янв.21
Mustaqillikning 34 yillik bayrami “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi
янв.21
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda
янв.21
Yo'l harakati qoidalariga rioya qilaylik !
янв.21
Qayd etish kerak, Prezidentimizning “Islohot — islohot uchun emas, inson uchun” tamoyili bugungi davlat siyosatida qaror qabul qilish mezoniga aylangan. Ushbu yondashuv inson qadrini yuksaltirish, fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan.
янв.21
Zomin tumani Nihol mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Президент Шавкат Мирзиёев Чилонзор туманидаги индустриал ҳудудда жойлашган “Eman materials” корхонасида бўлди.
янв.21
Президент раислигида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш ва тирбандликни камайтириш бўйича видеоселектор йиғилиши бошланди.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda

Mamlakatimizda O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash borasida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimi, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish maqsadida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.  

Shundan kelib chiqib, yuqoridagi hujjat bilan Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan edi. 

Farmonda belgilangan vazifaning ijrosi o‘laroq, joriy yilning 8-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Dasturda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ustuvor ravishda inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ta’lim, tibbiyot, ekologiya, qurilish, transport, kommunal xo‘jaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalarning eng dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Shuningdek, Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga fuqarolik jamiyati institutlari uchun sayyor qabullar tashkil etish, o‘z faoliyatlariga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoki fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar
yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.
 

Bu kabi omillar jamiyat hayotining eng dolzarb sohalarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlanishining huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.