Qaror 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha amal qiladi va quyidagi toifadagi oilarni qamrab oladi:
➖ Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar;
➖ Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar;
➖ Ikkala reyestrda mavjud bo‘lmasa-da, mol-mulki kam va har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi 1 million so‘mdan kam bo‘lgan oilalar.
💰 Kompensatsiya miqdori qanday belgilanadi?
🔌 Elektr energiyasi bo‘yicha:
Har oyda 200 kVt soat bazaviy me’yordan ortiq ishlatilgan 150 kVt soatgacha bo‘lgan qismi uchun.
🔥 Tabiiy gaz bo‘yicha:
Noyabr–fevral oylarida – bazaviy 500 kub metr me’yordan ortiq ishlatilgan 250 kub metrgacha bo‘lgan qismi uchun;
Boshqa oylarda – 150 kub metrgacha bo‘lgan ortiqcha sarf uchun.
💡 Kompensatsiya tartibi: Davlat tomonidan mazkur bazaviy me’yordan oshgan iste’mol uchun belgilangan yuqori tarif va bazaviy tarif o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.
📌 Muhim farq: Ilgari bu imtiyozlar faqat qish mavsumida (noyabr–fevral) amal qilgan bo‘lsa, endilikda har oyda, yil davomida qo‘llaniladi.
🔎 Masalan: Agar oila bir oyda 350 kVt elektr energiyasi iste’mol qilsa, uning 200 kVti uchun oddiy tarifda, qolgan 150 kVti uchun esa kompensatsiya ajratiladi – bu orqali oilaning xarajati kamayadi.