Sessiya ishida deputatlar tomonidan quyidagi 8 ta masala ko'rib chiqildi:
1. Tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan
ishlar to‘g‘risida tuman prokurori axboroti.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari“ dasturni amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida
Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi U.Akkulovning hisoboti.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya
resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda
energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PQ-133-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi
“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-sonli qaronning ijrosi yuzasidan tuman ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
bo‘limi boshlig‘i R.Mamadaminovning hisoboti.
5. Zomin tumani “Obi xayot” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida
“Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jadallashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-soni qaronning ijrosi
yuzasidan tuman hokimming birinchi o‘rinbosari Z.Omonqulov hisoboti.
7. Tuman budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan
chegara hududlariga kameralar o‘rnatish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
8. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining
Zomin tuman bosqichida ishtirok etib, eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarni
munosib taqdirlash to‘g‘risida.