O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-son Qonuni bilan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari belgilandi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi hududda qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini oshirish maqsadida Kengash so‘rovi institutidan foydalanadi. Ushbu mexanizm orqali Kengash davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlari ijrosi hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan rasmiy so‘rov yuborish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi PQ–243-son qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” tizimini yanada takomillashtirish, deputatlarning ushbu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati Kengashning doimiy faoliyat yurituvchi ishchi organi hisoblanib, uning samarali faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy va texnik jihatdan ta’minlaydi. Kotibiyat Kengashning vakolatlarini to‘laqonli amalga oshirish, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, ularning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv ta’lim tizimini izchil rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-sonli qarori bilan davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlardan maqsadli hamda samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini xolis, shaffof va halol bajarishini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarga malakali va bepul yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida "MADAD" nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “e-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda ijro intizomini kuchaytirishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida zarur bo‘lgan yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini yagona tartib asosida tashkil etish, shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.