Zarbdor tumanida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova hamda mahalladagi oqsoqollar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi (O‘RQ-699-sonli) Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Jumladan:
Fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi huquqlari;
Diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash;
Qonun bilan belgilangan ijtimoiy normalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida mahalla faollari va oqsoqollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.