12-“Sharq yulduzi” saylov okrugi deputati M.Isroilova tomonidan hududdagi oqova suv tizimi nosozliklari bo‘yicha yuborilgan deputat so‘rovi mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
🔍O‘rganish natijasiga ko‘ra:
Tinchlik va A.Qahhor ko‘chalaridagi ko‘p kvartirali uylarning oqova suv tizimida nosozliklar aniqlangan.
✅Yechim:
Mazkur uylarning oqova suv tizimini to‘liq rekonstruksiya qilish va markaziy tarmoqqa ulash ishlari 2027-yilgi hududiy infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.
Dastur doirasida mablag‘ ajratilgach, qurilish-ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.