Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan tumani suv ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh.S.Qodirovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📍O‘rganish o‘tkazilgan hudud: “Sharq yulduzi” MFY, Tinchlik ko‘chasidagi 7 va 8-uylar hamda A. Qahhor ko‘chasidagi 3-uy.
🔍 Aniqlangan holat: Mazkur ko‘p qavatli uylarning ichki oqova suv (kanalizatsiya) tarmoqlari va kolodetslar (quduqlar) mavjud emasligi aholi uchun noqulay sanitariya holatini keltirib chiqargan.
✅ Deputat tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi:
Mazkur manzillarda oqova suv tizimini to‘liq o‘rganish;
Uylarni markaziy oqova suv tarmog‘iga ulash bo‘yicha texnik imkoniyatlarni ko‘rib chiqish;
Qonunchilik talablariga muvofiq, zarur infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha loyiha takliflarini tayyorlash.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.