Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Facebookdagi rasmiy sahifasi ishga tushdi
янв.21
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan saylov okrugida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Nurobod mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12–“Sharq yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida “Sharq yulduzi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalari avariya holatida ekani, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani hamda tandirxonalar mavjud emasligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1