💬Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5863-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”ning shahrimizdagi ijrosi tanqidiy-tahlil qilindi.
💬Kun tartibi bo‘yicha shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonovning 2025-yil yakuni hamda 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
💬Yig‘ilishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🔅Shahar hududida atmosfera havosining tozaligini saqlash;
🔅“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va sug‘orish tizimining holati;
🔅Maishiy chiqindilarni boshqarish va sanitariya-tozalash ishlarining samaradorligi;
🔅Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
🫥Komissiya a’zolari tomonidan ekologik vaziyatni yaxshilash, ayniqsa, yangi barpo etilayotgan yashil bog‘larni saqlab qolish borasida mutasaddi tashkilotlarga qat’iy talablar qo‘yildi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🫥Komissiya xulosasiga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha qaror loyihasi tasdiqlash uchun shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.