Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi bosqichiga rasman start berildi.
✅ Mazkur tashabbusga Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari ham faol qo‘shildilar.
Deputatlar va ko‘ngillilar hamkorligida viloyatning turli hududlarida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi yashil bog‘lar tashkil etilmoqda.
🌱 Asosiy maqsad: Atrof-muhitni muhofaza qilish;
Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirini kamaytirish;
Aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish.
“Yashil makon” – bu nafaqat loyiha, balki kelajak avlod uchun qilingan muhim investitsiyadir. Yurtimiz obodligiga hissa qo‘shishda davom etamiz!