Aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan Turon mahallasi fuqarosi Ahmedova Shoxistaning 1-guruh nogironi sifatida yordamga muhtojligi o‘rganildi.
Amalga oshirilgan o‘rganish natijasida mazkur fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi aniqlanib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan uy ta’miri uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
1-guruh nogironlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, fuqaroga uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam ajratilishi kelgusi sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi. Bu kabi amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.