Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Facebookdagi rasmiy sahifasi ishga tushdi
янв.21
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan saylov okrugida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Nurobod mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

✅ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

✅ Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassis S. Safarov ishtirok etdi.

✅ Seminar davomida Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va samarali yoritish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda axborotlarni tezkor va xolis yetkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlik faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishlarini mazmunli va tizimli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅ Tadbirda ijtimoiy tarmoqlarda faol va mazmunli ishlash orqali Kengashlar faoliyatini aholiga yaqinlashtirish, ularning ochiqligini ta’minlash va fuqarolar ishonchini mustahkamlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

✅ Seminar yakunida axborot siyosati va media ishlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅ Ushbu tadbir mahalliy Kengashlar faoliyatining oshkoraligi va aholi bilan samarali muloqotini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7