Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

♻️ Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B.Shapiyev “Toza hudud” DUK tomonidan tuman hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va tashish jarayonlari, konteyner maydonchalarining holati hamda kommunal xizmatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mutasaddi xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, hududlarda sanitariya va tozalikni ta’minlash aholi salomatligi va obod muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2