Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YASHIL KELAJAK SARI MUHIM QADAM

#Namangan_shahar#Ekopartiya#Yashil_kelajak

YASHIL KELAJAK SARI MUHIM QADAM

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Shoira Gaffarova tashabbusi bilan

“Yashil kelajak sari: tabiatni asrash orqali barqaror rivojlanish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan shahar Kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida yosh avlod ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini targ‘ib etish masalalari keng muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan ekologik muammolar, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni saralash va tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yashil kelajak – bugungi ongli qadamlarimizdan boshlanadi!

Slide 1 of 10