Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KENGASH QABULI SAMARALI O‘TKAZILDI

2026-yil 25-fevral kuni Ravot MFY hududida joylashgan 2-sonli politexnikumning majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi tomonidan Kengash qabuli tashkil etildi. Kengash qabulida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 22-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati A.Raxmonqulov, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, tuman Kengashi deputatlari S.Xadjikulov, Z.Umurzakov, I.Allayarovlar, shuningdek, tegishli tashkilot mas'ullari ishtirok etdi. Kengash qabuli davomida Ravot, Navoiy, Yangihayot hamda Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi tomonidan 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal soha, bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, yerga oid hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oldi. Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Mazkur Kengash qabuli aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 14