Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan Taraqqiyot mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Zarbdor tumani bo‘limi boshlig‘i T.Qodirov boshchiligida xotin-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari D.Xolmurzayeva hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig'i M.Abdualimov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar bandligi, oilaviy muammolar, huquq va manfaatlarni himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yuborilishi hamda ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 3