Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Erta turmushning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Deputat “Miramiller” MCHJning eksport salohiyatini o‘rgandi
янв.21
Zarbdor tumanida deputat tomonidan xonadonma-xonadon tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Zarbdor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
📈 Ishtixon tumanini 2026-yilda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi!

📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 19-sessiyasida 2026-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.

🔹 Dastur doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

Tuman markazi va hududlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish va yashil tamoyillar asosida uy-joylar qurish;

Yo‘l bo‘yi infratuzilma, xizmat ko‘rsatish va eko bog‘lar tashkil etish;

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanish va yangi plantatsiyalar tashkil etish;

Sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish;

Hududiy eksport va investitsiya hajmini oshirish;

Aholi bandligi va daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish.

👥 Ijro va nazorat: Tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul bo‘limlar va korxona rahbarlari dastur chora-tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga mas’ul.

📢 Dastur ijrosi doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

⚡️ Ishtixon tumanining taraqqiyoti – har bir fuqaroning farovonligi va ishonchidir!

Slide 1 of 4