Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimi B. Chinazbekov hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev tomonidan Oybek mahalla yettiligining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yettilik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash holati hamda ijtimoiy masalalarni hal etishdagi samaradorlik tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish mahalla faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratildi.