Dehqonobod tumanida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, tuman Kengashi deputatlari tumandagi “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huquqiy maslahat byurosi hamkorligida tumandagi tashkilotlar va mahallalarda uchrashuvlar, shuningdek, amaliy muloqotlar tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari, huquq va majburiyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, targ‘ibot ishlari mahallalarda bevosita aholi xonadonlarida ham davom ettirilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil qilinmoqda. Bu orqali aholining muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, qonunchilik asosida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.