Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zarbdor tumanida deputat tomonidan xonadonma-xonadon tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Zarbdor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati B.Obidov tomonidan Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar tayinlanishi holati o‘rganildi. Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3