Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Davlatimiz rahbarining Pokistonga tashrifi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasida o‘tkazilgan biznes forumida ishtirok etishi mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatidagi izchil va pragmatik yondashuvning navbatdagi amaliy ifodasi, deb hisoblayman.

Ushbu forumda davlatimiz rahbarining ishtiroki O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarining muhokama qilingani milliy iqtisodiyotimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Deputat sifatida ishonamanki, mazkur tashrif natijalari xalqimiz farovonligi yo‘lida aniq loyihalar va amaliy natijalar bilan mustahkamlanadi va eksport salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.

O.Mamatqulov

Jizzax viloyat Kengashi deputati