Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan aholi bilan doimiy muloqot qilish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, dardini eshitish hamda og‘irini yengil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini yanada mustaxkamlaydi. Ushbu Qonunning tumandagi ijrosi yuzasidan, Paxtakor tuman “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi murojaatlari o‘rganib borilmoqda. Mahallaning 75% eski sim yog‘ochlari beton simyog‘ochlarga almashtirilganligi, bundan aholi mamnunligi, biroq hozirgi vaqtda mahallaning markaziy Muqumiy, A.Jomiy, Zomin, Talabalar, Al.Farg‘oniy, Obodjoy ko‘chalariga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmaganligi, tungi vaqtda harakatlanish qiyinligi, piyodalar yurishi uchun maxsus yo‘laklar yo‘qligi, aholi avtomobillar bilan birga bitta yo‘lda harakatlanishi aholining etirozlariga sabab bo‘lmoqda. Sababi ushbu ko‘chalar mahallaning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lganligi, yo‘lda avtomobillarning serqatnovliligi va fuqarolar harakati uchun tungi vaqtda noqulayliklar tug'dirmoqda.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan yuborilgan ushbu deputatlik so‘rovi mahalla aholisi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib, mahallada infratuzilmani yaxshilash va fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.