Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Farg‘onadagi o'rganishlarini boshladi!
Dastlab Quvasoy shahrida bo'lgan Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Jumayeva hamda mahalliy kengash deputatlari 26-maktabdagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Ta’lim muassasasidagi sport stadionining joriy holati o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida kichik yo‘laklarning texnik holati talab darajasida emasligi aniqlanib, ularni qayta ta’mirlash zarurligi qayd etildi. Suhbat davomida maktab direktori aniqlangan kamchiliklar 1 hafta muddatda bartaraf etilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanini o'qitish holati o‘rganilib, fanni o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va ko'rgazmali vositalardan foydalanish holatlari qay darajada ekanligi bilan qiziqildi.