Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: “Bo‘ston” shoxobchasiga yangi tez tibbiy yordam avtomobili topshirildi
янв.21
Yangikent mahallasida inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
янв.21
Yangikent mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangikent mahallasida ko‘p qavatli uylar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat Kengashi deputati hamda saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Yangi maktab qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
KENGASH FAOLIYATI :

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2026-yil 26-yanvar kunida navbatdagi o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 13 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga binoan, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida, tumanda jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111 sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar borasida, tuman prokuraturasining 2025-yil davomida o‘z faoliyati yuzasidan, tuman prokurori K.To‘raqulovning axboroti to‘g‘risida. 

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407 sonli Qonunining 13/1-moddasiga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qarori asosida tuman hududida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi shuningdek jamoat xavfsizligini saqlash yuzasidan 2025-yil IV-choragida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Qo‘ng‘irotovning hisoboti to‘g‘risida. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmoni asosida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi hamda 2025-yil 19-maydagi “2025-2030-yillar”da bolalar saratoniga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarorida belgilangan bolalar saratoniga qarshi kurashish, tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ko‘p Tarmoqli Markaziy Poliklinikasi rahbari A.To‘rayevning hisoboti to‘g‘risida.  

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli farmoni asosida 2025-yil mobaynida tumanda yoshlar ishlari
agentligi tomonidan yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitish hamda o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri yakunini muhokama qilish to‘g‘risida.
 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166 sonli farmoni asosida tuman hokimligi tomonidan qonunlar, Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimligi mas’ul xodimi Sh.Xashimovaning 2025-yil yakuni yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
 

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil IV-choragida murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jarqo‘rg‘on tumanidagi xalq qabulxonasining axboroti to‘g‘risida. 

7. Jarqo‘rg‘on tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi davlat inspeksiyasining 2025-yilda amalga oshirgan ishlarning ijrosi holati hamda 2026-yilga belgilangan vazifalari yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi nazorat tahlil tadbiri yakunini muhokama qilish to‘g‘risida 

8. Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yilning IV-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar
hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
 

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda
boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402 sonli qarori ijrosi bo‘yicha, O‘zbekiston Mahallalar
uyushmasi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i B.A.Sulaymonovning mahalla jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisoboti.
 

10. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda 2026-yil I-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.  

11. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi doimiy komissiyalarining tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda tasdiqlash to‘g‘risida. 

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini
takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi huzurida tashkil qilingan “Infratuzilma
va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
 

13. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yil 20-yanvaridagi VII-15-9-8-112-K/26 sonli “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha qaroriga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori X.Tashmanovning hisobotini eshitish haqida.

Slide 1 of 9