Tashrif davomida hokim qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan loyiha talablari ijrosini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ta’lim maskani hududini zamon talablariga mos ravishda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada qulay qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda mutasaddilarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat talablari asosida yakunlash, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, yangi maktab nafaqat ta’lim maskani, balki mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim ijtimoiy obyekt bo‘ladi.