Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 3-“Yangiobod” saylov okrugi deputati Gaipov Murtoz Abduazimovichning 36-ds-312-25-sonli deputat so‘roviga javoban Zarbdor tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan amaliy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, murojaatda ko‘tarilgan masalalarga muvofiq, hududga zarur miqdorda chiqindi konteynerlari o‘rnatildi, shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.
Mazkur chora-tadbirlar aholi uchun qulay va toza muhit yaratish, chiqindilarni belgilangan joylarda to‘plash hamda hududning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Deputatlik so‘rovlari asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va fuqarolarning turmush sifatini oshirishga qaratilgan.