♾4-aprel kuni Narpay tumani Madaniyat saroyida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari Yodgorbek Jo‘rayev, Munojat Rasulova va Mavlon Boboxonov o‘z saylovchilari oldida 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisobot berdilar.
🌐Uchrashuv davomida deputatlar o‘z saylov okruglari doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishi, viloyat Kengashining sessiyaviy faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
✨Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar — uy-joy, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.
✅Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot asosida javoblar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha deputatlar tomonidan yozma tartibda so‘rovlar tayyorlanishi va ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.