Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Konimex tuman kengashi deputati Kenjiyeva Dinara Hamidovna "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga qo'shgan munosib hissasi uchun Konimex tumani "To'qqiztepa" mahallasi fuqarosi, Xalq deputatlari Konimex tuman kengashi deputati Kenjiyeva Dinara Hamidovna "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Konimex tumani Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev ushbu oila a’zolari bilan uchrashib, davlatimiz e’tirofiga sazovor bo‘lganliklari bilan qutlab, minnatdorchilik bildirgan holda "Ibratli oila" ko'krak nishoni hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Slide 1 of 1